Italiyada ta'lim olishni istaganlar uchun - Yo'l xarita
Univeristet tanlashdan to Italiyaga parvozga qadar qilinishi kerak bo'lgan jarayonlar.

🇮🇹 Univeristet tanlashdan to Italiyaga parvozga qadar qilinishi kerak bo'lgan jarayonlar.
1. Izlanish va Tayyorgarlik Bosqichi
Sentabr - Dekabr (2024 yil)
Universitetlar va dasturlarni tanlashda izlanish olib borish
Mavjud Stipendiyalar haqida ma'lumot to'plash (masalan, Lazio DISCO, EDISU, DSU)
Til talablarini tekshirish (Inglizcha yoki Italiyancha, dasturga qarab)
Tilni bilish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish (masalan, IELTS, TOEFL ingliz tili uchun; CILS, CELI italyan tili uchun)
Kirish imtihonlari talablarini tekshirish (masalan, TOLC-I, TOLC-E, SAT, IMAT tibbiyot dasturlari uchun)
Zarur hujjatlarni yig'ish (pasport, diplom, transkriptlar, til sertifikatlari va boshqalar)
Motivatsion xat va rezyume tayyorlash
Kerakli hujjatlarni italiyan tiliga yoki ingliz tiliga tarjima qilish va tasdiqlash (Apostil, Tegishli ta'lim vazirligi muhrlari)
2. Ariza Topsirish Bosqichi
Yanvar - Aprel (2025 yil)
Universitet portalalari orqali ariza topshirish, Italiyada markazlashtirilgan ariza topshirish tizimi yo'q
Ariza to'lovlarini to'lash
Kirish imtihonlarini topshirish (masalan, TOLC-I, TOLC-E, SAT, IMAT, universitet talabiga binoan)
Tilni bilish testlarini topshirish (agar oldin topshirilmagan bo'lsa)
Intervyularga tayyorlanish (agar universitet talab qilsa)
May - Iyul (2025 yil)
Universitetdan rasmiy qabul xatini olish
Universitet taklifini qabul qilish
www.universitaly.it orqali Pre-Enrollment bosqichidan o'tish (viza olish uchun majburiy)
Hujjatlaringiz Italiyada tan olinishi uchun Decloration of Valuev (DOV - Toshkentdagi Italiyaning elchixonasidan) yoki CIMEA Statement of comparability and Verification uchun ariza berish
Universitet talab qilgan qo'shimcha hujjatlarni topshirish
Stipendiyaga arizalarini topshirish (Lazio DISCO, EDISU, DSU va boshqalar)
3. Qabul va Viza Jarayoni
Avgust - Sentabr (2025 yil)
Vizaga hujjatlarini tayyorlash (pasport, qabul xati, moliyaviy tasdiq, turar joy, bank statement, sog'liqni sug'urtalash va boshqalar)
Italiyaning elchixonasida viza uchrashuvini belgilash(onlayn yoki telefon orqali)
Codice Fiscale (STIR-soliq to'lovchining identifikasion raqami) olish (Italiyada olish ham mumkin)
Turar joyni topish (talaba yotoqxonasi yoki shaxsiy ijaraga olish)
4. Italiyaga parvoz va Universitetdan Ro'yxatdan O'tish
Sentabr - Noyabr (2025 yil)
Aviachipta bron qilish
D-Turi vizasi bilan Italiyaga parvoz qilish
Universitetga Enrollment qilish (To'liq studentga aylanish)
O'qish haqini to'lash
Talaba ID kartasini olish (Matricola)
Codice Fiscale (Italiyaning soliq kodi) olish, agar ilgari olinmagan bo'lsa
Kelganingizdan keyin 8 kun ichida Permesso di Soggiorno (Turar Joy Ruxsati) uchun ariza topshirish
Mahalliy sog'liqni saqlash muassasasiga (ASL) ro'yxatdan o'tish va sog'liqni sug'urtalash "Tessera Sanitaria" olish (majburiy emas)
Italiyaning bank hisobini ochish, stipendiyalar va xarajatlar uchun
Universitetning Orientation Day dasturlarida ishtirok etish
Bizni Telegramda kuzatib boring